Maktablardagi mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta, deb hisoblaydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

U O‘zbekiston prezidentining beshta ташабbuсини, eng avvalo, maktablardan boshlash g‘oyasi ilgari surilganini eslatib o‘tdi.

«O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, ayrim joylarda sharoit og‘ir ekanligi, ko‘plab maktablar ta’mirtalab, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishini ko‘rdik. Bu yildan boshlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi rejalashtirilgan. Lekin mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb o‘ylaymiz», — dedi Saida Mirziyoyeva.

«Qisqasini aytganda — oldin sharoit, keyin talab», — deya qo‘shimcha qildi u.

Agentlik direktori o‘rinbosari «izdan chiqqan ta’lim tizimini tuzatish juda katta mablag‘, bir necha yil vaqt va ilmiy yondashuvni talab qilishini» ta’kidlab o‘tdi. Bu yo‘lda xatolar ham bo‘lishi mumkin, chunki bu jarayon. Biroq hozir shu ishlarni boshlamasak, ertaga masala yanada murakkablashadi.

«Xullas, bu yo‘lda barchamiz hamjihat bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Mutassadi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegishli takliflar kiritildi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, 2019−2020 o‘quv yilidan, hukumat qaroriga ko‘ra, majburiy yagona maktab formasi joriy etiladi. Maktab formasi narxlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan erkin bozor munosabatlari asosida belgilanadi.