O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilish bayonida belgilanishicha, Samarqand shahar Ko‘ksaroy maydonidagi «Biznes sentr Samarqand» aksiyadorlik jamiyatining ma’muriy binosini 14 qavatdan 7 qavatgacha kamaytirish orqali besh yulduzli mehmonxona barpo etiladi.

Zarnews.uz saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, buning uchun tegishli vazirlik va idoralar hamda Samarqand viloyati hokimligiga vazifalar topshirildi.