«Islom davlati» terroristik tashkiloti Shri-Lankadagi seriyali portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Biroq terrorchilar guruhi ularga aloqadorligini isbotlovchi dalillarni taqdim etmadi, deya xabar qildi RIA Novosti.

Yakshanba kuni Shri-Lankada katoliklarning Pasxa bayrami nishonlanayotganda bir qator portlashlar sodir etilgan edi. Birinchi oltita portlash Kolombo, Negombo va Battikaloadagi uchta katolik cherkovi va uchta mehmonxonada, yettinchisi — orol-davlat g‘arbida, sakkizinchisi esa Kolombodagi turar joy yaqinida amalga oshirildi.

Portashlarda aloqadorlikda gumonlanib 40 kishi qo‘lga olindi, 23 aprel kuni halok bo‘lganlar xotirasiga motam deb e’lon qilindi.