«Moskva po‘lat va qotishmalar instituti» Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliqdagi filiali o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda OTM filiali «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

U O‘zbekiston ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaydi.

Filialga 2018/2019 o‘quv yili uchun ta’limning kunduzgi shakli bo‘yicha jami 150 kishi, jumladan, bakalavriatning «Konchilik ishi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 75 kishi, «Metallurgiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 50 kishi, «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 kishi qabul qilindi.

O‘quv jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Rossiyadan pedagogik tarkib ham jalb qilindi.

Filialda ta’lim o‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablari hisobga olingan holda MISiS tasdiqlagan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

OTM filiali o‘quv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot mahsulotlari, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlandi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan «MISiS» MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.