Tog‘li hududlarda shartli terroristik guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining qo‘shma mashg‘ulotlari yakuniga yetdi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar jarayonida ikki davlat harbiy xizmatchilari uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida mahalliy aholini asirga olgan shartli terroristlar guruhini aniqladi.

Jangarilarning harbiy ta’minot tuzilmalari aviatsiya va artilleriya yordamida vayron etilgach, ikki davlat harbiy xizmatchilari terroristlarni yo‘q qilish va asirlarni ozod qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar yakuniga yetganidan so‘ng O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Tojikiston harbiy xizmatchilarini «Harbiy hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Tojikiston Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.

Foto