Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi ayol bolalarini o‘ziga bog‘lab, Shahrixnsoy kanalida cho‘kishga harakat qildi. Hodisa 25 iyun kuni 10:30 da sodir bo‘ldi. guvohlar onani qutqarib qoldi, biroq uning 7 yoshli qizi va 3 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, tuman prokuraturasi tomonidan nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.