O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi avtotransport vositalari davlat raqami belgilarini almashtirish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqdagi xabarlar prezidentning 18 apreldagi qarori e’lon qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu qarorda amaldagi davlat raqam belgilarini xalqaro namunadagi davlat raqam belgilariga almashtirish ko‘zda tutilgan edi.

«Respublikamiz hududida transport vositalarini hisobga olish tizimini yaratish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha bosqichma-bosqich faoliyat olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorida esa faqatgina transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimini yaratish haqida so‘z yuritilmoqda», — deyiladi IIV YHXBB matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga taqdim etgan rasmiy xabarda.

Bosh boshqadan qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 iyundagi «Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qaroriga asosan, hozirgi kunda amalda bo‘lgan avtomototransport vositalari uchun milliy davlat raqami belgilarining xalqaro talablar va standartlarga muvofiq keladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yildan boshlab O‘zbekistonda milliy haydovchilik guvohnomasi avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini (ularga rasmiy ID-hujjat maqomi berildi) berish boshlandi.

18 apreldagi qarorda pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni (respublika ichida), haydovchilik guvohnomalaridan tashqari,ID-kartalarga almashtirish hamda transport vositalari uchun qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni bekor qilish ko‘zda tutilgan.