Jahongir Jo‘rayevich Xotamov besh yil muddatga Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. 27 fevral kuni O‘zbekiston bosh prokurori shu haqdagi buyruqni imzoladi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jahongir Xotamov avval Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan (2017−2018 yillar), ungacha esa Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan (2016−2017).

Ushbu lavozimda u bir necha kun muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Akmalxo‘ja Mavlonov o‘rnida faoliyat olib boradi.