Adliya maslahatchisi Ravshan Masharipov besh yil muddatga Sirdaryo viloyat prokurori etib tayinlandi.

O‘zbekiston bosh prokurori 15 iyun kuni shu haqdagi buyruqni imzoladi, deb xabar qildi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

2016 yil martidan mazkur lavozimda Sherzod Obloqulov faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. 12 iyun kuni u Toshkent prokurori lavozimiga tayinlandi.