Butun mamlakat bo‘ylab mahalla faollari, olim va NNT vakillari ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlikka tanlab olindi. Bu haqda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilindi.

Jamoatchilik ekologik nazorati — tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik olib borishning yangi platformasidir. Jamoatchi inspektor atmosfera havosi, yer resurslari, suv va suv resurslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, chiqindilarni boshqarish sohalaridagi qoidabuzarliklarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekistonda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari institutini rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 14 ta hududiy boshqarmasi bazasida ekologik nazoratni olib borish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish uchun axborot-resurs va metodologik markazlar tashkil etildi. Butun mamlakat bo‘ylab mahalla qo‘mitalari, ekologik NNT vakillari va jamoatchi inspektor bo‘lishni istagan fuqarolar uchun ta’limiy seminarlar o‘tkazilmoqda.