Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi +2…+7 darajagacha iliydi.
Toshkent 2023 yilni kutib olishga tayyor. Bezatilgan archalar, yarmarkalar, rango-rang chiroqlarga burkangan daraxtlar, do‘kon va ofislarning o‘zgacha bezatilgani — bayramona kayfiyat ulashmoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam shahardagi muhitni o‘z kamerasi obyektiviga muhrladi.
“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 31-dekabr — Yangi yil bayrami kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2-yanvarda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3-yanvarda esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
«O‘zgidromet» markazi direktori Sherzod Xabibullayev Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Yangi yil bayrami kechasi qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi. Yangi yilning ilk kunida esa vodiy viloyatlarida qor yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha qadar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin bolaga “Prezident sovg‘asi” taqdim etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting