Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi 2023 yil bayram tadbirlari 2022 yilning 25 dekabridan 2023 yilning 10 yanvariga qadar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA agentligi ma’lum qildi.

Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin bolalarga “Prezident sovg‘asi” taqdim etish rejalashtirilgan.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi Yangi yil bayrami tadbirlari poytaxtda 25-dekabrdan 5-yanvargacha bo‘lishi ҳақидахабар bergandi. Poytaxt bo‘ylab bayram archalari 17 ta nuqtada o‘rnatiladi.