O‘zgidromet matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.

30 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +4…+9 daraja iliq bo‘ladi.

31 dekabr, shanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa yog‘ingarchilik faqat kechasi bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kutilmaydi. Havo harorati kechasi −2…+3, kunduzi +2…+7 darajagacha iliydi.

Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.

1 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qor yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Dam olish kunlari tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.