27 mart kuni Saudiya Arabistonida Makkaga ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus to‘qnashuv sabab yonib ketdi. Oqibatda 20 nafar yo‘lovchi vafot etdi, 29 kishi jarohat oldi. Ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.
O‘zbekiston Yamanda ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.
Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan eng so‘nggi hodisalar, Rossiya davlat Dumasining Donbass va Lugansk respublikalarini tan olish masalasini ko‘rib chiqishi, G7 davlatlarining Rossiya iqtisodiyotiga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qilgani, Shtaynmayerning ikkinchi muddatga Germaniya prezidenti etib saylangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Tolibon»ning Afg‘oniston universitetlari mablag‘ yetishmasligi sababli yopiqligicha qolishini ma’lum qilgani, Hindistonning yanvardan 15 yoshdan oshgan o‘smirlarni emlashni boshlashi, Yamandagi isyonchilarning Saudiya Arabistoniga 400 dan ortiq raketalar uchirgani, Tailand poytaxtida yangi yil tadbirlari koronavirus sababli bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Omikronnin 110 mamlakatda aniqlangani, Janubiy Koreyada hukumat sobiq prezident Pak Kin Xeni afv qilgani, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina bilan chegarada to‘planayotgani, Saudiya Arabistonining Yaman poytaxtiga hujum uyushtirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman terma jamoasiga bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan penaltidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limda esa Odil Ahmedov Yaman darvozasi tomon qo‘yilgan ikkinchi penaltini golga aylantira olmadi.
Yamanning Aden shaxri aeroportiga hukumat a’zolari yetib kelganida kuchli portlash ro‘y berdi. Hodisa oqibatida besh kishi vafot etdi va 20 ga yaqin kishi yaralandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting