Omikron dunyoning 110 mamlakatida aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning 110 ta davlatida koronavirusning omikron shtammi aniqlanganini e’lon qildi. Hafta boshida ushbu shtamm 90 ta davlatda qayd etilgan edi.Tashkilot yangi shtamm ayniqsa «emlash va emlash darajasi past» bo‘lgan mamlakatlarda aholining zaif qatlamlariga ta’siri sezilarli bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.

Omikronning klinik og‘irlik darajasi noaniqligicha qolmoqda, ammo shunga qaramay, uning ta’siri delta shtammi bilan bir xil yoki undan kam emas. Koronavirusning bu shtammi stressni kuchaytirishi va jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin, deyiladi tashkilot hisobotida. Yangi shtammning umumiy xavfi JSST tomonidan «juda yuqori» deb baholangan — Kommersant’.


Janubiy Koreyada hukumat sobiq prezident Pak Kin Xeni afv qildi

Janubiy Koreya hukumati korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblanib 22 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan sobiq prezident Pak Kin Xeni afv etadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 69 yoshli Pak Kin Xe yangi yil bayrami munosabati bilan amnistiya qilinadigan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. Tegishli qaror uning sog‘lig‘i holatini hisobga olgan holda gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilingan. 2019 yilda Pak Kin Xe yelkasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Bu yil esa sobiq prezident elkasi va umurtqa pog‘onasidagi surunkali og‘riqlar tufayli uch marta kasalxonaga yotqizilgan.


Rossiya qo‘shinlari Ukraina bilan chegarada to‘planmoqda — Bloomberg

Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘plashda davom etmoqda, deb xabar berdi Bloomberg agentligi sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib. Janes mudofaa va razvedka kompaniyasining aytishicha, tanklar, artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlari chegara tomon ko‘chirilmoqda. Rossiya poyezdlar va samolyotlar orqali yashirin tarzda qo‘shinlarni yanada ko‘paytira oladi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda «piyoda harbiy xizmatchilarning yetarlicha soni» ko‘rsatilgan. Ukraina xavfsizlik va mudofaa kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiya chegaradan 200 kilometr (120 milya) masofada 122 ming askarga ega.

AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiyani qo‘shni Ukrainaga hujum qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. Ular prezident Vladimir Putinning niyatini tushunishga harakat qilmoqda. Kreml esa bosqinchilik rejasini rad etgan.


Saudiya Arabistoni Yaman poytaxtiga hujum uyushtirdi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanning bosh stadioni hududidan qurol-yarog‘larni olib chiqish to‘g‘risidagi ultimatum ijrosi uchun belgilangan muddat tugaganidan so‘ng Yaman poytaxti Sana shahriga zarba berdi. Bu haqda RIA Novostiga Sanadagi mahalliy hokimiyatdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

«Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasining jangovar samolyotlari Sana shahriga ikki marta reyd o‘tkazib, poytaxt markazidagi ta’minot lageriga zarba berdi», — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistonining «Al-Ixbariya» telekanali uchun koalitsiya bayonotida aytilishicha, hutilarga berilgan vaqt ichida ular stadiondan lagerga qurol olib o‘tishgan va to‘qqizta qurolli omborga kirishga muvaffaq bo‘lishgan.


Bangladeshda paromda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Bangladesh janubidagi Jalokati tumanidagi paromdagi yong‘in oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda Kommersant’ xabar berdi.

Yong‘in 24 dekabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Kema mingga yaqin odamni Dakkadan Bangladesh janubidagi Barg‘un hududiga yetkazayotgan bo‘lgan. Yong‘in respublika poytaxtidan 200 km janubda sodir bo‘lgan. Voqea sabablari aytilmagan.