«un mahsulotlari» tegli maqolalar


Qishloq xo‘jaligi vazirligi un va non narxi oshganiga izoh berdi
18 sentabr 2023, 17:02

Qishloq xo‘jaligi vazirligi un va non narxi oshganiga izoh berdi

O‘tgan haftada O‘zbekiston viloyatlarida un va non narxi keskin oshdi. Bu Qozog‘istondan import qilinadigan g‘alla narxining oshishi fonida sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi narxlarning o‘sishini mavsumiy tebranishlar bilan izohladi va rossiyalik treyderlar harakatiga ham ishora qildi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirmoqchi, biroq un tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda
18 iyul 2023, 12:33

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirmoqchi, biroq un tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirishni rejalashtirmoqda, biroq ayni paytda O‘zbekistondan Afg‘onistonga un mahsulotlari tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda. Mamlakatlar bosh vazirlari o‘rinbosarlari Qarag‘andada maishiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham muhokama qildi.

Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi
29 iyun 2022, 11:26

Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi

Bag‘dod tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 151,4 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahrida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda aholiga ajratilgan qariyb 85 tonna un qimmat narxlarda sotilgani aniqlandi
21 iyun 2022, 11:42

Samarqandda aholiga ajratilgan qariyb 85 tonna un qimmat narxlarda sotilgani aniqlandi

Ishtixon tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 84,5 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi
9 iyun 2022, 10:57

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi

Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan arzon narxdagi un mahsulotini boshqa shaxslarga sotib yuborilgani aniqlandi. Pop tumanida MJCH rahbari 54,9 tonna, Marg‘ilon shahrida esa xususiy korxona mansabdorlari 10,1 tonna un mahsulotini qimmatroq narxda sotgani ma’lum bo‘ldi.

«Raqobat muhiti un narxini sun’iy oshirishga yo‘l qo‘ymaydi» — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
31 may 2022, 10:24

«Raqobat muhiti un narxini sun’iy oshirishga yo‘l qo‘ymaydi» — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi g‘allachilik sohasini isloh qilish narxlarni oshirishni emas, erkinlashtirishni nazarda tutayotganini qayt etdi. «Keyingi besh yil ichida erkinlashtirish mamlakatda g‘alla yetishtirishning sezilarli o‘sishiga va importning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida. Hukumat un narxining keskin oshishining oldini olish choralarini ham ishlab chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting