«to‘qnashuv» tegli maqolalar


Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta vertolyoti O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan
16 avgust 2021, 21:09

Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta vertolyoti O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan

14−15 avgust kunlari Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta harbiiy vertolyoti O‘zbekiston havo hududiga kirgan va Termiz xalqaro aeroportiga majburiy qo‘ndirilgan. 15 avgustda Afg‘onistonning Embraer 314 harbiy samolyoti uni kuzatib borayotgan O‘zbekiston HHKning «MIG-29» samolyoti bilan to‘qnashib, har ikki samolyot Surxondaryo viloyati hududiga qulagan. Ularning uchuvchilari parashyut orqali yerga tushishgan.

Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvda 300 dan ortiq kishi jabrlandi
11 may 2021, 12:25

Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvda 300 dan ortiq kishi jabrlandi

Isroil va falastinliklar o‘rtasida aprel oyidan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 300 dan ortiq kishi jabrlandi. Falastinda 20 kishining o‘limi qayd etilgan. Dushanba kuni kechasi G‘azo sektoridan Isroilga 200 ta raketa zarbalari berildi. BMT bosh kotibi mazkur mojaroni tegishli rezolyutsiyalar, xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlar asosida hal etishga chaqirdi.

Qirg‘iz-tojik chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
29 aprel 2021, 12:32

Qirg‘iz-tojik chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida nizoli vaziyat yuzaga kelib, ikkala tomon mahalliy aholisi bir-biriga tosh otdi. Umumiy 11 kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Tomonlar nizo kelib chiqishida bir-birlarini ayblashmoqda. Qirg‘izistonning 3 ta qishlog‘ida favqulodda vaziyat joriy etildi.

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 iyul 2020, 14:59

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi
13 iyul 2020, 10:33

Qashqadaryoda YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi va 6 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyatida Orlando yengil avtomobili “Yo‘l bering” yo‘l belgisiga va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagani sababli DAF yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi va olti nafari esa olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting