28 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Chegaradagi qishloqlar aholisi o‘rtasidagi ziddiyat bir kun oldin Golovnoy suv taqsimlash punktida boshlangan. Ertalabgacha u ochiq to‘qnashuvga aylangan. To‘qnashuv ishtirokchilari bir-birlariga tosh otgani, bir necha marotaba o‘q uzilgani aytilmoqda.

Qirg‘iziston tomoni

Tojikiston tomoni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi «Golovnoy» suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o‘rnatishni boshlagandan so‘ng, nizoli vaziyat yuzaga kelgan.

Mahalliy aholi jihozlarni olib qo‘yishni talab qilgan. Og‘zaki to‘qnashuvdan so‘ng, tomonlar bir-biriga tosh otishni boshlagan, deya xabar bermoqda 24.kg nashri. Tojikiston OAVlari Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari ma’lumotiga tayanib, to‘qnashuvda 100−150 kishi ishtirok etganini aytmoqda.

Xabarga ko‘ra, Botken viloyatining Ko‘k-Tosh qishlog‘ida yashovchi 30 yoshli fuqaroning o‘ng ko‘ziga o‘q uzilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Umuman olganda, to‘rtta jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilganligi aytilmoqda.

«Golovnoy» suv taqsimlash punkti Qirg‘iziston hududidagi To‘rtko‘l suv omborini to‘ldiradigan kanallar manbaida joylashgan.

Qirg‘izistonning Oqsoy qishlog‘ida suv oladigan joy yaqinida vaziyat barqaror, ammo havotirliligacha qolmoqda.

Hozirda nizoli vaziyat yuzaga kelgan joyda ikkala mamlakat fuqarolari tarqalmayotgani aytilmoqda. Hukumatning Botken viloyatidagi vakili Omurbek Suvanaliyev Tojikistonning So‘g‘d viloyatidan kelgan hamkasbi Rajabboy Ahmadzoda bilan muzokaralar olib bormoqda.

Uchta qishloq — Oqsoy, Oq-Tatir va Samarqandek tumanlarida favqulodda vaziyat joriy etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘sh- Botken- Isfana yo‘lining Tort-Kocho hududidagi qismi yopiq.

Tojikiston tomoni

Cuv taqsimlash punkti Isfara daryosining yuqori qismida Chorkux jamoatining Xo‘jay Alo qishlog‘i yaqinida joylashgan. Tojikiston chegara qo‘shinlari mojaro «Botken tumani raisi Oqilbek Orazov boshchiligidagi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining tashabbusi bilan» sodir bo‘lganligini ta’kidlamoqda, deya ASIA-Plus xabar bermoqda.

Ushbu hodisa natijasida Tojikiston Respublikasining 7 nafar fuqarosi tosh otishlar natijasida tan jarohati olgani aytilmoqda.

«Aziya-Plyus» nashrining Isfara shahri meriyasidagi manbasining ta’kidlashicha, Tojikiston tomoni videokameralar o‘rnatgan, lekin u Qirg‘iziston tomoni ham kameralar o‘rnatganligi va suv xo‘jaligi mutaxassislarini suv sathini o‘lchash uchun qo‘ymayapti.

Suv inshooti Qirg‘iziston aholi punktlaridan uzoqda joylashgan, ammo «Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘z fuqarolarini uzoq aholi punktlaridan safarbar etib, ularni millatlararo mojaroga chorlamoqda», deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu gidrotexnik inshoot 1968 yilda qurilgan. 1924−1927 va 1989 yildagi xaritalarga muvofiq to‘liq Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan va Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston shaharlarining chegaradosh shaharlardagi qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan.

«Ammo Qirg‘iziston Respublikasi ushbu inshootni bir tomonlama egallab oldi va chegaraoldi viloyatlarning tojik tilida so‘zlashuvchi aholisiga qarshi, fuqarolik formasini kiygan maxsus maqsadli jangchilarning imkoniyatlaridan foydalanmoqda», — deyiladi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlarining bayonotida.