«tarbiyachi» tegli maqolalar


Xorazmdagi bog‘chada bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan olindi
7 may 2024, 08:49

Xorazmdagi bog‘chada bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan olindi

Gurlan tumanidagi 23-bog‘chada bir-biri bilan urishgan bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, ayni shu tarbiyachi e’tiborsizligi sababli boshqa bir holatda bolaning qo‘lini eshik qisib qolgani aniqlandi. Uning barmog‘iga igna tiqilmagan, balki davolash uchun maxsus sim qo‘yilgan.

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
5 may 2024, 09:44

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi
3 aprel 2024, 11:05

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atadi. Ishni prokuratura o‘rganmoqda.

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi
12 fevral 2024, 11:36

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi

Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Namangandagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olinadigan bo‘ldi
17 noyabr 2023, 12:55

Namangandagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olinadigan bo‘ldi

Chustdagi davlat bog‘chasida tarbiyachi qizchani kiyim almashtirish chog‘ida urgani aks etgan video tarqaldi. Holatni o‘rgangan MMTB voqea 2022-yilda bo‘lgani, o‘sha yili xodim boshqa lavozimga tushirilganini bildirdi. Hozirda tarbiyachini ishdan olish masalasi ko‘rilmoqda. Bog‘cha ta’mir ishlari uchun yopilgan.

Toshkent viloyatida bolalarni poyabzal bilan urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi
20 iyul 2023, 14:17

Toshkent viloyatida bolalarni poyabzal bilan urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urishib, oyoq kiyimi bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha tergov va sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda, xodim esa ishdan olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting