Dushanba kuni kuchli shamol Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda daraxt va uy tomlarining qulashi hamda elektr tarmoqlariga shikast yetishiga sabab bo‘ldi. Foto.
Yakshanba kuni Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.
Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.
O‘zgidromet shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 28 m/s gacha kuchayishidan ogohlantirdi. Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga dam olish kunlari deyarli barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahrida kuzatilgan kuchli shamol tufayli Madaniyat va istirohat bog‘idagi «Madaniyat markazi» hamda «Go‘zalkent» mahallasidagi turar-joy binolarining tomi qulab tushdi. Buning oqibatida avtomobillarga ham zarar yetgan.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.
27−29 iyul kunlari Respublikaning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 35−38 darajaga yetishi, ayrim joylarda esa 40 darajaga ko‘tarilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting