19 iyun kuni Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘raldi.

Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti — kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212−69−80, (71) 212−69−82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanish mumkin.

Shuningdek, xabarda murojaatlarni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish mumkinligi aytilgan.