Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezidentga viloyat va tumanlardagi sanoat bilan “korxonabay” ishlash boshlangani, ularga aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilayotgani haqida hisobot berdi. Prezident korxonalarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. U chet eldan mutaxassislar jalb etib, eksportchilar yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.
Prezident meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish maqsadida aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatilishini ma’lum qildi. Bunday yer maydonlari hamda tomorqalarga sanoat, kooperatsiyani keng olib kirish va mahsulot yetishtirish uchun 1 trln so‘m kredit resursi ajratiladi.
Yanvar oyida O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq tufayli ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga qisqardi. Gaz qazib olish 2022 yilning yanvariga nisbatan 7,5 foizga, gaz kondensati — 9,1 foizga, ko‘mir — 13,8 foizga, elektr energiyasi ishlab chiqarish — 2 foizga kamaydi.
Buxoroda 2023-yilda yillik elektr iste’moli 4,3 mlrd kVt soatni tashkil etib, taqchillik 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda bularni qoplash uchun 740 ta korxonada 22 MVtli, ijtimoiy obyekt va ko‘p qavatli uylar ustida 11 MVtli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi aytildi.
Prezident O‘zbekistonda jami 6 mlrd dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Biroq uning bajarilish muddati belgilanmagan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev so‘nggi yillarda o‘zini oqlamagan mahalliylashtirish siyosatini tanqib qilib, uni saratonga o‘xshatdi.
Prezident sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektorda birorta tuman, shahar yoki viloyat rahbari mahalliy sanoat salohiyatidan foydalanishni chuqur va puxta o‘ylab ko‘rmaganini ta’kidladi. So‘nggi 3 yilda qurilish materiallarini ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshga, biroq bu ehtiyojni qoplamayotgani aytildi.
9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident bosh vazir o‘rinbosariga har bir hududda «sanoat klasterlari» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting