«respublika maxsus komissiya» tegli maqolalar


13 iyul 2020, 19:29

Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayapti?

Respublika maxsus komissiyasining qarorlari nima sababdan to‘liq e’lon qilinmayotganiga izoh berildi. Xususan, ayrim bandlar davlat manfaatlari va xavfsizligiga aloqador bo‘lgani uchun oshkor qilinmasligi aytildi.

13 iyul 2020, 17:02

Respublika maxsus komissiyasi qarorlar chiqarishga qanchalik vakolatli?

“Maxsus komissiyaning tuzilishi va uning vakolatliligi borasida ikkilanishga o‘rin yo‘q”, — adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov maxsus komissiyaning tuzilishi va pandemiya sharoitida cheklovlar kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish vakolati mamlakat Konstitutsiyasi va qonunchiligiga to‘la mos kelishini ma’lum qildi.

11 iyul 2020, 14:25

Karantin davrida 120 mingga yaqin ehtiyojmand oilalar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Karantin cheklovlari davomida 120 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkazib beriladi va buning uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

10 iyul 2020, 12:15

13 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar to‘xtatiladi

10 iyul sanasidan avtobuslar harakati va 13 iyul kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi. Shuningdek, faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi.

9 iyul 2020, 18:25

Qashqadaryoda shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shifokor karantin talablariga rioya etmagan holda qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirganini ma’lum qildi. Shuningdek, hokim taksilar Respublika maxsus komissiyasi talablarini bajarmasa ularning faoliyati to‘xtalishi mumkinligini ham bildirib o‘tdi.

9 iyul 2020, 09:45

Avtotransportning harakatlanish vaqti cheklandi

10 iyuldan boshlab avtotransport vositalarida stikersiz muayyan vaqtida (07.00 dan — 10.00 gacha, 17.00 dan — 20.00 gacha) ruxsat beriladi. Viloyatlararo qatnov to‘xtatiladi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rtasidagi qatnovlar bundan mustasno). Jamoat transporti faoliyati ham to‘xtatiladi, stikerlar kuchini yo‘qotmaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting