Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 20 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari), ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

“Madaniy-ko‘ngilochar obyektlar ishchi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va xizmat ko‘rsatuvchilari bo‘lgan shaxslar koronavirusga qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo‘lishi lozim”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlariga faqatgina koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi tavsiya etildi. Salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan fuqarolar bundan mustasno.