«qurol» tegli maqolalar


Pnevmatik, signal beruvchi va tig‘li sovuq qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda
20 fevral 2024, 11:56

Pnevmatik, signal beruvchi va tig‘li sovuq qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda

Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol yashirilgan o‘ra aniqlandi
29 mart 2023, 18:40

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol yashirilgan o‘ra aniqlandi

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi vodoprovod lyuki ichiga 16 kalibrli ov miltig‘i yashirib qo‘yilganini aniqladi.

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi
21 oktabr 2022, 17:12

Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ketgan miltiq ayolni jarohatladi

Olot tumanida mashinadagi qurol o‘z-o‘zidan otilib ketishi oqibatida ayol oyog‘idan jarohat oldi.

Fuqaroviy qurol va o‘q-dorilarni hadya etish taqiqlandi
1 iyun 2022, 17:56

Fuqaroviy qurol va o‘q-dorilarni hadya etish taqiqlandi

«Qurol to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlanmoqda. Shuningdek, ov quroli va o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi 25 yosh etib belgilandi. Qolaversa, qurol egalari davriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib turiladi.

O‘zbekiston hududiga qurol-yarog‘ va o‘q dorilarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
6 fevral 2022, 12:00

O‘zbekiston hududiga qurol-yarog‘ va o‘q dorilarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jami 2 ta pnevmatik qurol, 2 dona to‘pponcha uchun gaz ballon va 553 ta pnevmatik o‘qlar mamlakat hududiga olib kirilayotgani aniqlangan. Farg‘ona viloyatda esa xorijdan uchib kelgan fuqaroda 2 dona 12 kalibrli ov quroli borligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Senat qurol-yarog‘ muomalasi sohasida yangi javobgarlik choralarini rad etdi
30 may 2021, 23:44

Senat qurol-yarog‘ muomalasi sohasida yangi javobgarlik choralarini rad etdi

Senatorlar qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq yangi javobgarlik choralarini ko‘zda tutgan qonunni rad etdilar. Bu hal qilish zarur bo‘lgan tizimli muammolar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular hal qilinganidan keyin javobgarlik choralari o‘rnatilishi lozim, deya ma’lum qildi senator Farhod Boqiyev. U “turli salbiy oqibatlar"ga olib kelishi mumkin bo‘lgan qator omillarni sanar ekan, Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmani misol qilib keltirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting