Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida 28 mart kuni qurol va o‘q-dorilar yashirib qo‘yilgan o‘ra aniqlandi, deya xabar qildi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati.

️Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida chegara otryadi xizmat vazifasini bajarish vaqtida chegaradan 600 metr masofada xizmat iti signal beradi. Chegarachilar vodoprovod lyukining ichiga yashirilgan, polietilen plyonkaga o‘ralgan holda arralangan 16 kalibrli ot miltig‘ini topishdi.

Qurol va o‘q-dorilar Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmasiga topshirilgan.