19 oktabr kuni taxminan soat 09:30 larda Olot tumani «Davlatboy» mahallasida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan Buxoro shahriga borish maqsadida qo‘shnisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tirgan.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shu vaqtda, avtomashina egasi tomonidan orqa o‘rindiqda qoldirilgan o‘z nomiga rasmiylashtirilgan «TOZ-20» rusumli 20 kalibrli 2 nilli o‘qotar ov quroli, qurolni saqlash va olib yurish qoidalariga rioya qilinmagani sabali o‘z-o‘zidan otilib ketgan.

Oqibatda yolovchi ayolning ikkala oyoqlari boldir suyaklari ochiq maydalanib sinishiga sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi (Qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.