Biznes-ombudsman 2021-yilda davlat organlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yo‘l qo‘ygan huquqbuzarliklar tahlilini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1200 dan ortiq holatda eng ko‘p soliq organlari (238 ta), Agroinspeksiya (167 ta) va Ekologiya qo‘mitasi (166 ta) qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan. Qolaversa, Transport vazirligi idoralarining mansabdorlariga jinoyat ishi ochish bo‘yicha prokuratura organlariga 8 ta taklif kiritilgan.
10 oyda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 191 mingdan ortiq qonunbuzilish holati aniqlandi. «O‘zsuvta’minot», «Hududgazta’minot», Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun buzar takshilotlar top-5taligidan o‘rin olgan. Natijada 2556 nafar mansabdor jarimaga tortildi, 64 nafari esa ishdan bo‘shatildi.
Sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nishonov Quva tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga videomurojaat yo‘lladi. IIB boshlig‘i o‘rinbosari profilaktika inspektorlaridan har kuni 55 ming so‘mlik «o‘rta fond» undirayotgani, kunlik majburiy reja joriy qilgani va xodimlarni haqoratlab, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatayotgani aytilmoqda.
Buxoroda 10 oy ichida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 9 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xizmat muddatini buzgan, ortiqcha hujjat talab qilgan va murojaatni asossiz rad etgan 197 nafar mansabdor jarimaga, yana 8 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
Jarqo‘rg‘onda sudyalarning obro‘sizlantirilishi va sud xodimlarining kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani hokimi va boshqalar sudyalarni xalq oldida obro‘sizlantirdi. Sud xodimi esa do‘pposlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga qamab qo‘ygan. Hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting