«qizamiq» tegli maqolalar


JSST Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiqqa qarshi zudlik bilan emlanishga chaqirdi
24 yanvar 2024, 17:37

JSST Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiqqa qarshi zudlik bilan emlanishga chaqirdi

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanishning “tashvishli o‘sishi” kuzatilmoqda. JSST shoshilinch emlash ishlarini olib borishga chaqirmoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yili qizamiq bilan kasallanish bo‘yicha 1026 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda ko‘rsatkich atigi sakkiztani tashkil etgan.

Namanganda 10 oyda 735 ta qizamiq kasalligi tasdiqlandi — SES
25 noyabr 2023, 18:14

Namanganda 10 oyda 735 ta qizamiq kasalligi tasdiqlandi — SES

Sanepidqo‘mita Namangan viloyatida hozirda 255 ta qizamiqqa chalingan bemor davolanayotganini bildirdi. Ularning 62 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. 10 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.

Videoreportaj: Nega bolalarning issig‘i 38 darajadan tushmayapti?
24 noyabr 2023, 20:03

Videoreportaj: Nega bolalarning issig‘i 38 darajadan tushmayapti?

Noyabr boshidan beri o‘zbekistonliklar har yilgidan-da kuchliroq shamollashni boshdan kechirmoqda. Ko‘pchilikda bir hil shikoyat — tana harorati 38 darajadan tushmayapti, kuchli yo‘tal, suyaklar og‘rishi, ko‘ngil aynishi, diareya. Ayrimlar buni kovid bilan bog‘lashyapti. “Gazeta.uz"ning navbatdagi videoreportaji shu haqda.

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda
18 noyabr 2023, 10:02

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.

Sanepidqo‘mita yil boshidan buyon 164 kishida qizamiq aniqlanganini ma’lum qildi
25 iyul 2023, 19:50

Sanepidqo‘mita yil boshidan buyon 164 kishida qizamiq aniqlanganini ma’lum qildi

Sanepidqo‘mita xorijdan kelgan qizamiq bilan og‘riganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolarda qizamiq kasalligi aniqlanayotganini ma’lum qildi. 2023-yil boshidan buyon 306 kishidan qizamiq shubhasi bilan qon namunalari olinib, ulardan 164 nafarida kasallik qayd etilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, epidemik vaziyat barqaror — SES
29 aprel 2023, 16:44

O‘zbekistonda yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, epidemik vaziyat barqaror — SES

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror, deb xabar bermoqda SES. Avvalroq JSST kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirgandi.

JSST qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirmoqda
28 aprel 2023, 18:41

JSST qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirmoqda

O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan JSST Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. O‘zbekistonda uch oy davomida 26 ta (o‘tgan yili — 8), Tojikistonda — 199 (451) holat tasdiqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting