Adliya vazirligi notariuslarga ham nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqini berish tashabbusi bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ishontirishicha, «notariuslar ikki tomonning xohish-irodasini tasdiqlab, shahodatlay oladi».
Qibray tumanida davlat notarial idorasi notariusi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanayotgan shaxsning uyini sotib yuborganlikda gumon qilinmoqda.
O‘zbekistonda ilk bor notarial harakat to‘liq onlayn ravishda amalga oshirildi. Videokonferensaloqa orqali voyaga yetmagan bolani xorijga olib chiqishga rozilik arizasi rasmiylashtirildi.
Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, qarz summasi chet el valyutasida belgilanganda shartnoma yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi shart bo‘ladi. Vazirlik bu fuqarolar «o‘zining qonuniy manfaatlarini sudda to‘liq himoya qilishiga huquqiy asos bo‘ladi» deb hisoblamoqda.
Prezidenti farmoniga muvofiq, ayrim shartnomalarni tuzishda o‘rnatilgan sun’iy cheklovlar olib tashlanmoqda. Jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2022−2023 o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.
Hukumat qarori bilan notariuslarning qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish, jumladan, rejali, qisqa muddatli, kameral tekshiruvlar o‘tkazish tartibi belgilandi. Shu bilan birga, notariuslar adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida «Sirli mijoz» tadbiri yordamida tekshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting