O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan notariuslar ko‘p qavatli uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni mulkdorning uyning umumiy mulkini saqlash uchun majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlaydi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-avgustdagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarzdorlikni tekshirish Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimi orqali amalga oshiriladi.

Umumiy mulkni saqlash, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun badallar yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadi.

Hozirda notariuslar bitimlarni tasdiqlashda soliqlar, kommunal to‘lovlar va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjudligini, shuningdek, ko‘chmas mulkni begonalashtirish va olib qo‘yish taqiqlanganini tekshiradi. Agar boshqaruvchi tashkilot yoki menejerning qarzi bo‘lsa, yangi egasi bu haqda ogohlantiriladi.