Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun Prezident administratsiyasida muhokamada, daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi esa jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kutilmoqda. “Jarayon to‘xtab qolgani yo‘q, masala dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q”, — dedi Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxanov.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Mart oyi sarhisobidan millionlab ko‘rilgan videolar ham, e’tiborga molik yangi “tug‘ilgan” loyihalar ham bor.
Kinorejissor Sarvar Karimov “Gazeta.uz"ning “Mifonomika” loyihasida mehmon bo‘lib, soliq to‘lovchilarning pullarini kino sohasiga ajratish qanchalik o‘rinli ekani haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Davlat “30 yil shu narsani qilib ko‘rdik, demak, boshqacha yondashuv kerak”, deyishga kuch topa olishi lozim, deydi u.
2023-yili YouTube`da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube`da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.
O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston dunyoga ochilishi va savdo erkinlashtirilishi tarafdorlaridan biri sanaladi. Mifonomikaning navbatdagi sonida u bilan O‘zbekistonga xalqaro bozorlarda o‘rin bor yo yo‘qligi, nima uchun erkin savdo muhimligi va hukumat kabinetlaridagi savdodan qo‘rquv haqida gaplashildi.
“Gazeta.uz” Mifonomika loyihasi doirasida Behzod Hoshimov bilan kambag‘allik mavzusida suhbatlashdi. Iqtisodchi buning sabablarini tahlil qilarkan, ba’zi mamlakatlarda odamlarda imkoniyat ko‘proq ekani va shuning uchun u yerlarda kambag‘allik ham kamroqligini ta’kidladi.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev “Mifonomika” podkastining proteksionizmga bag‘ishlangan sonida qaysidir soha uzoq vaqt himoya qilinsa, vaqt o‘tishi bilan aholi uning foydasizligini sezishini ta’kidladi. “Masalan, 2000-yilda odamlarimizda bizga avtomobil zavodi kerakmi, degan savol bo‘lmagan”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting