«majburiy emlash» tegli maqolalar


3 avgust 2021, 10:14 1

Ish beruvchilar vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlatishlari mumkin

Majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid hujjat prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilanmoqda. Qolaversa, Mehnat kodeksiga xodim emlashdan o‘tishni rad etgan holda ish beruvchi uni ishdan chetlatishiga haqli degan norma kiritildi.

31 iyul 2021, 17:59

Ish beruvchi emlashdan bosh tortganni ishdan chetlashtirishi mumkin, ishdan bo‘shatishi emas — adliya vaziri

«Agarda fuqaro vaksina olishni rad qiladigan bo‘lsa, hech kim uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tibbiy muassasaga olib borib vaksina qilmaydi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning ta’kidlashicha, fuqaro rad qilsa, huquqiy oqibatlari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. U ish beruvchi esa emlanishni xohlamagan xodimini ma’lum muddat ishdan chetlashtirish va o‘sha davr uchun ish haqi to‘lamasligi mumkinligini aytib o‘tdi.

31 iyul 2021, 15:07

Senat majburiy profilaktik emlashlar to‘g‘risidagi o‘zgartishni ma’qulladi

Senatorlar aholining ayrim toifalarini majburiy profilaktik emlashni qonuniylashtirish hamda ish beruvchiga profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ishchini ishga qo‘ymaslik huquqini berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishni ma’qulladilar.

29 iyul 2021, 11:28

Ombdusman majburiy emlash ortidan inson huquqlariga putur yetish yoki yetmasligiga oid savollarga javob berdi

17 iyulda O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi majburiy emlanishi shart etib belgilandi. Oradan 11 kun o‘tib, quyi palata deputatlari majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan ombudsman Feruza Eshmatova majburiy emlash va uni qonuniylashtirish jarayoni, bu borada xalqaro norma va tajriba, faqat bir vaksina mavjudligi tufayli aholining tanlov huquqi buzilishi kabi savollarga javob berdi.

17 iyul 2021, 23:28

14 toifadagi fuqarolar COVID-19`ga qarshi ommaviy emlanishi shart etib belgilandi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari, kafe, restoran va choyxonalar, sport maktablari, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlari, harbiy xizmatchilar, qolaversa, davlat hokimiyati, boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 1 noyabrgacha to‘liq emlanishi shart etib belgilanmoqda. To‘liq ro‘yxat.

15 iyul 2021, 15:06

Hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’kidlashicha, tashkilotlarda majburiy emlash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u vaksina olmagan fuqarolarning erkini cheklash kerakligini aytdi. «Bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak», — deydi Alisher Qodirov. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev ham «ommaviy emlashni ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerakligi»ni ta’kidlagan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting