«hokimiyat» tegli maqolalar


Deyarli barcha hokimliklar 2023 yilgi budjetlarni jamoatchilik muhokamasisiz qabul qildi
9 yanvar 2023, 14:49

Deyarli barcha hokimliklar 2023 yilgi budjetlarni jamoatchilik muhokamasisiz qabul qildi

O‘zbekistondagi deyarli barcha hokimliklar 2023 yil uchun budjetni o‘tgan yil oxirida, hatto yangi yilda ham soliq to‘lovchilar fikrini hisobga olmasdan qabul qildi. Andijon va Sirdaryo hokimliklari budjet loyihalarini e’lon qilgandi, biroq loyiha muhokama vaqti tugamay turib qabul qilindi.

Toshkentda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechmoqda — poytaxt hokimligi
20 iyul 2022, 16:21

Toshkentda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechmoqda — poytaxt hokimligi

Poytaxt hokimligi profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan shaharda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechayotganini ma’lum qildi. Jumladan, 6 oy davomida 10381 ta jinoyat sodir etilgan. Qolaversa, 5436 nafar fuqaro tilanchilik va 19 749 nafar fuqaro daydilikda gumonlanib, profilaktik suhbatdan o‘tkazilgan.

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov
11 mart 2022, 10:29

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov

2021 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 trln so‘m zarar yetkazilgan. Hokimliklarning budjetdan orttirilgan mablag‘larni ochiqlash majburiyati joriy qilingach, avtomobil sotib olish yoki hokimiyatni ta’mirlash keskin kamaygan, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Akmal Burxonov bu amaliyot hokimlik budjetining ko‘proq ijtimoiy-infratuzilmaga yo‘naltirilayotganiga sababchi bo‘lganligini ta’kidladi.

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 mart 2022, 15:21

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Antikorrupsiya agentligi Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar 33 nafar fuqaroni «Yo‘lchilar», «Ko‘kpatas» va «Ko‘kayaz» mahallalarida 3 yil davomida yashaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ulardan 25 nafari OTMga davlat granti asosida kirishiga sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani uchun mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Qarshi hokimiyati 47 tup daraxtni kesib tashladi
13 aprel 2021, 21:54 1

Qarshi hokimiyati 47 tup daraxtni kesib tashladi

Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi
28 dekabr 2020, 13:25

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi

Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting