O‘zbekistonning deyarli barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklari 2023 yilga mo‘ljallangan budjetlarni soliq to‘lovchilar fikrini hisobga olmasdan, moliyaviy hujjatlarni o‘tgan yil oxirida yoki hatto yangi yilda qabul qilmasdan tasdiqladi. «Gazeta.uz» bunda hokimliklar qarorlari e’lon qilinadigan «E-Qaror» portali va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi.

budjet loyihalari jamoatchilik muhokamasiga faqat Andijon shahri va Sirdaryo viloyati hokimliklari tomonidan joylashtirildi. Biroq garchi muhokama qilish muddati 4 yanvargacha belgilangan bo‘lsa-da, birinchi hududda budjet 31 dekabrda, ikkinchisida esa 30 dekabrda tasdiqlanib bo‘ldi.

Qolgan hokimliklar 2023 yil uchun budjetlarni o‘tgan yil oxirida yoki yangi yil boshida qabul qilgan. Masalan, Samarqand viloyati hokimligi 29 dekabrda, Namangan viloyati 30 dekabrda, Toshkent shahri xalq deputatlari kengashi 4 yanvarda mazkur hujjatni tasdiqladi.

O‘tgan yillarda ayrim hokimliklar tomonidan mahalliy budjet loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingandi.

Avvalroq O‘zbekiston parlamenti ham 2022 yil (qo‘shimchalar) va 2023 yilgi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunlarni umumxalq muhokamasisiz va qisqa muddatda qabul qilgandi.