«Talimarjon» IES BAAning «Mubadala» va «Taqa» kompaniyalari yordamida modernizatsiya qilinadi. «Masdar» kompaniyasi Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Navoiyda quyosh va shamol elektr stansiyalarini quradi. Mazkur loyihalarga jami $3 mlrd jalb etiladi, bunda mahalliy mahsulotlar va ishchi kuchidan foydalaniladi.
«Bugungi narxlar bilan biz faoliyat samaradorligini oshirish orqali sanoatning ayrim muammolarini hal qilishimiz mumkin. Ammo 25 yildan beri meros bo‘lib qolgan muammolarni hal qila olmaymiz, — deya ta’kidladi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. Uning qo‘shimcha qilishicha, shunchaki narxlarni oshirishning o‘zi yetarli emas. Ishlaydigan bozor qoidalari kerak. Shu bilan birga, davlat aholi uchun tarif siyosatini saqlab turishi kerak.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston 2050 yilga borib tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan to‘liq voz kechishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy energetika manbalaridan to‘liq voz kechilib, quyosh va shamol energetikasiga o‘tiladi. 2030 yilgacha 5000 MVtli shamol va 7000 MVtli quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish reja qilingan.
Keng miqyosda yuz bergan elektr ta’minotidagi uzilishlarning sabablaridan biri O‘zbekiston energetika tizimi 220−500 kVt kuchlanishli magistral liniyalarga to‘liq ulanmagani bo‘ldi, deya ta’kidlandi prezident qatnashgan yig‘ilishda. Shavkat Mirziyoyev energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va elektr ta’minotini avtomatlashtirish loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.
«Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Xamidilla Shamsiyev Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘iston yagona energetika halqasi qanday ishlashini tushuntirib berdi.
SSV O‘zbekistonda elektr energiyasidagi uzilishlar poytaxtdagi yirik tibbiy markazlar faoliyati va uzluksiz operatsiyalar o‘tkazilishiga xavf tug‘dirmasligini bildirdi. Barcha operatsiya bloklari qo‘shimcha generatorlarga ulangani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida 21,8 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari hajmi bilan yetakchi bo‘ldi, deyiladi EOTB hisobotida. Shu bilan birga, bu mablag‘ning yarmi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha avvalroq e’lon qilingan loyihaga to‘g‘ri keladi.
«Tolibon» Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi importi bo‘yicha barcha qarzlarini to‘liq to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib berishni «bir soatga ham» to‘xtatmaganini qayd etgan.
7 oktabr kuni gaz fyucherslari narxi keskin — 22 foizga pasayib, ming kubometr uchun 1000 dollardan kamroqni tashkil qildi. Financial Times nashri gaz narxlari qulashini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energetika masalalari yuzasidan qilgan chiqishi bilan bog‘lamoqda. RT nashriga ko‘ra, ekspertlar Yevropa gaz bozoridagi vaziyat vaqt o‘tishi bilan muvozanatga kelishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.
Bosh prokuratura elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Eng yuqori jazo chorasi — 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.
Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekiston 30 yil davomida Markaziy Osiyo energiya taqsimlash tizimidan chiqishga harakat qilib, ko‘p narsani yo‘qotgani, jumladan, bu holat yirik stansiyalarning muddatidan avval eskirishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston 2020 yilda qancha elektr eksport va import qilgani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting