«dxm» tegli maqolalar


Davlat sport muassasalariga kiruvchi o‘quvchilarning hujjatlari endi DXM va my.gov.uz orqali qabul qilinadi
7 noyabr 2023, 09:57

Davlat sport muassasalariga kiruvchi o‘quvchilarning hujjatlari endi DXM va my.gov.uz orqali qabul qilinadi

1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

200 ta davlat xizmati an’anaviy shakldan onlaynga o‘tkazilishi kutilmoqda
7 fevral 2023, 10:18

200 ta davlat xizmati an’anaviy shakldan onlaynga o‘tkazilishi kutilmoqda

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, hozirda an’anaviy shaklda taqdim etilayotgan 200 ta davlat xizmati DXMlar hamda YAIDXP orqali ko‘rsatila boshlaydi. Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash proaktiv tarzda amalga oshirilishi kutilmoqda.

DXMlar orqali statistik ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi
25 noyabr 2022, 15:24

DXMlar orqali statistik ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi

Hukumat qarori bilan davlat xizmatlari markazlari orqali statistik ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Biroq tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan sir mavjud ma’lumotlar berilmaydi. Har bir ma’lumot uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi
29 sentabr 2022, 11:54

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan 1 noyabrdan 1 iyulgacha nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Shuningdek, tug‘ilganlikni shifoxona orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi 1 yanvardan Toshkentda, 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Poytaxtdagi DXMlar eski «prava»ni almashtirish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha xizmat ko‘rsatadi
25 fevral 2022, 18:04

Poytaxtdagi DXMlar eski «prava»ni almashtirish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha xizmat ko‘rsatadi

Davlat xizmatlari agentligi eski haydovchilik guvohnomasini majburiy almashtirish muddati tugayotgani munosabati bilan DXMlarga kuniga 700 nafargacha fuqaro murojaat qilayotganini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, endi poytaxtning 10 ta tumanidagi DXMlar yangi guvohnomani berish uchun so‘nggi mijoz qolgunicha faoliyat ko‘rsatadi.

Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi
20 yanvar 2022, 15:36

Endi yo‘qolgan ashyolar bo‘yicha xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatadi

Hukumat qarori bilan IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi, uning o‘rniga topilmalarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish bo‘yicha xizmatlar DXM tomonidan ko‘rsatiladi. Topilmalar 6 oygacha saqlanadi, agar bu vaqt ichida egasi aniqlanmasa, ashyo davlat mulkiga o‘tadi va auksionda sotib yuboriladi.

DXMlar xodimlari 10 oy yarim oylikka ishlagani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
15 dekabr 2020, 16:14

DXMlar xodimlari 10 oy yarim oylikka ishlagani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

«Gazeta.uz»ning Toshkentdagi DXMlar xodimlari 10 oy yarim stavka oylik bilan ishlagani haqida xabariga munosabat bildirildi. Davlat xizmatlari agentligi xodimlar mehnatiga to‘liq haq olganini qayd etdi. Ularning nima sababdan va aynan qachondan yarim stavkaga o‘tkazilgani haqidagi masala esa ochiq qolmoqda.

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi
15 oktabr 2020, 16:10

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi

DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting