«demarkatsiya» tegli maqolalar


Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani demarkatsiyalash to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi
28 mart 2023, 10:57

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani demarkatsiyalash to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiyalash bo‘yicha qonunni imzoladi. Bitim ikki davlat prezidentlari tomonidan 2022 yilning dekabrida Toshkentda imzolangan. Demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar 2003 yildan beri davom etib kelayotgandi.

Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegaradagi hujjatlarni ratifikatsiya qildi
17 noyabr 2022, 22:04

Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegaradagi hujjatlarni ratifikatsiya qildi

Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.

Qirg‘iziston bilan chegaradagi aholini ko‘chirishga 50 mlrd so‘m ajratiladi — bosh vazir
15 noyabr 2022, 08:13

Qirg‘iziston bilan chegaradagi aholini ko‘chirishga 50 mlrd so‘m ajratiladi — bosh vazir

O‘zbekiston hukumati ikki davlat chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan Qirg‘iziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Kompensatsiya to‘lovlariga 50 mlrd so‘m (taxminan 4,5 mln dollar) — har bir oilaga o‘rtacha 384,6 mln so‘mdan ajratiladi.

Deputatlar Qirg‘iziston bilan chegara haqidagi qonunlarni ma’qulladi. O‘zbekiston nima evaziga nima oladi?
14 noyabr 2022, 23:23

Deputatlar Qirg‘iziston bilan chegara haqidagi qonunlarni ma’qulladi. O‘zbekiston nima evaziga nima oladi?

Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi
25 may 2021, 23:56

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi

Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.

Sadir Japarov — Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi mitinglar to‘g‘risida
27 aprel 2021, 21:50

Sadir Japarov — Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi mitinglar to‘g‘risida

«Hozirda faqat muzokaralar boshlangan. Hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. To‘rt bosqich o‘tadi, o‘shandan keyingina imzolanadi», — dedi Qirg‘iziston prezideni Sadir Japarov Kampir-Obod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi tarkibiga mahalliy aholidan ham kiritish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi
26 mart 2021, 16:31

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi

Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting