2023-yil yakuniga ko‘ra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, shuningdek, mahallalarni saqlash va NNTlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 24,5 foizga oshib, 17 trillion so‘mni tashkil etdi. 2024−2025-yillarda ham ularni saqlash xarajatlarini oshirish rejalashtirilgan.
2023-yil yakunida aksiz solig‘i hisobidan davlat budjetiga tushumlar prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,5 trln so‘mga kam bo‘lishi kutilmoqda. Tushumlar kamayishi yil boshida gaz “zapravka”lari vaqtincha yopilgani va AI-80 benzinga aksiz solig‘i ma’lum muddat bekor qilingani bilan izohlandi.
2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.
O‘zbekistonda 2024-yilda davlat budjetining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda ish haqi, pensiya va stipendiyalarga davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi yo‘naltiriladi.
Sakkiz oy davomida O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan ikki oyda xarajatlar daromaddan 12,2 trln so‘mga oshdi. Eslatib o‘tamiz, hukumat 2023-yil yakunlari bo‘yicha profitsit bo‘lishini prognoz qilgan edi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvar oyi o‘rtalarida to‘xtatib qo‘yilgan budjetning kunlik daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni tikladi. 28-avgust kuni xarajatlar daromadlardan 7 baravar ko‘proq bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting