«chorvachilik» tegli maqolalar


JICA O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratadi
30 yanvar 2024, 11:17

JICA O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratadi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish loyihasi uchun 200 mln dollar ajratadi. Uning 40 mln dollari terini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit shaklida beriladi.

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirishga yordam beradi
21 aprel 2023, 14:35

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirishga yordam beradi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan YAIMning qariyb 50 foizi chorvachilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Soha mamlakatdagi barcha issiqxona gazlari chiqindilarining 13 foizdan ortig‘i manbai bo‘lib, unumdorlik pastligicha qolmoqda. Loyiha samarali va iqlimga chidamli sektorni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston hududlarida sut yig‘ish markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda
17 aprel 2023, 22:55

O‘zbekiston hududlarida sut yig‘ish markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Jumladan, hududlarda sut yig‘ish markazlarini tashkil etish, chorva mollarini identifikatsiya qilish, parrandachilik xo‘jaliklariga 35 mln dollar ajratish, krevetkani sanoat usulida yetishtirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda go‘sht va sut ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar ikki baravarga kamaydi
8 yanvar 2023, 13:26

O‘zbekistonda go‘sht va sut ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar ikki baravarga kamaydi

Prezident qarori bilan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga chorvachilik va parranda go‘shti, sut va baliq yetishtirish uchun ajratiladigan subsidiyalar miqdori ikki barobarga qisqartirildi. Bu ushbu mahsulotlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin, dedi fermerlardan biri.

Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi
16 fevral 2022, 16:39

Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi

Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘n kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qo‘y va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berdi. Bu maqsadlarga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Undan tashqari, soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo‘y va echkichilik xo‘jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ida ortda qolayotgan hududlarni sanab o‘tdi
16 fevral 2022, 16:30

Mirziyoyev chorvachilik tarmog‘ida ortda qolayotgan hududlarni sanab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, pandemiya va iqlim o‘zgarishi sharoitida dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilib borayotgan bir vaqtda, ayrim tuman hokimlarida aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish uchun qanday tizimli ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida aniq tasavvur yo‘q. Shu sababli, viloyat hokimlariga bir oyda o‘zgarish qilmagan tuman hokimlarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi.

9 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 fevral 2022, 22:00

9 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerakligini aytgan Rasul Kusherbayev, Marhamat hokimi tashabbusi bilan ota-onalardan uzr so‘ragan o‘qituvchilar, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatilishi, «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritgan Alisher Usmonov, yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgan Buxoro viloyati hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2022-yilda O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga Jahon bankidan $300 mln jalb qilinadi
9 fevral 2022, 10:13

2022-yilda O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga Jahon bankidan $300 mln jalb qilinadi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari uchun 2022-yilda Jahon bankidan 300 mln dollar kredit mablag‘lari jalb qilinadi. Qolaversa, “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi.

9 oy ichida eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqandda yetishtirilgan
28 oktabr 2020, 17:10

9 oy ichida eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqandda yetishtirilgan

Yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln so‘mni tashkil qilib, YAIM tarkibida ushbu sohaning ulushi 25,7 foizga yetdi. Respublika bo‘yicha eng ko‘p dehqon xo‘jaligi mahsulotlari Samarqand viloyatida yetishtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting