Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yo‘lovchi yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekistonga birinchi reys bilan 160 nafar yo‘lovchi uchib keldi.
O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga, Qozog‘istondan esa O‘zbekistonning 6 ta shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Toshkentda ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishildi.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Bu bo‘yicha bir necha soha vakillari uchun infotur tashkillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston vakillari Indoneziyaning Garuda Group aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta — Buxoro — Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 1 apreldan yo‘lga qo‘yilayotgan Toshkent va Moskva o‘rtasidagi aviaqatnovlarda kimlar parvoz qila olishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting