18-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi va yangi Anqara-Toshkent-Anqara yo‘lovchi yo‘nalishini ochdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan airports matbuot xizmati.

An’anaga ko‘ra, Boeing 737−800 rusumidagi samolyot suv arkasi bilan, ekipaj a’zolari va 160 nafar yo‘lovchilar esa Uzbekistan airports rahbariyati, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi, Turizm hamda Transport vazirliklari hamda aviakompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

Ushbu yo‘nalishdagi reyslar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bosh qarorgohi Anqarada joylashgan AnadoluJet Turkish Airlines loyihasi bo‘lgan turk aviakompaniyasidir. Uning parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi.