«aoka» tegli maqolalar


AOKA COVID statistikasi bo‘yicha yangilik sababli «Gazeta.uz»ni ogohlantirdi
26 noyabr 2020, 00:47 1

AOKA COVID statistikasi bo‘yicha yangilik sababli «Gazeta.uz»ni ogohlantirdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Gazeta.uz»ni COVID-kasalxonalari bemorlari statistikasi va SSVning koronavirus bemorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan yangilikni e’lon qilgani uchun «jiddiy huquqiy oqibatlar» haqida ogohlantirdi. Biz ogohlantirish xatiga tahririyatni «noqulay» savollar berishdan to‘xtashga majbur qilishga urinishni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz.

Uch yilda hunarmandchilik loyihalariga 100 mln dollarlik kreditlar ajratilgan
17 noyabr 2020, 12:43

Uch yilda hunarmandchilik loyihalariga 100 mln dollarlik kreditlar ajratilgan

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil ichida 100 mln AQSH dollariga teng kredit resurlari ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga 158 ming hunarmandlar ish bilan ta’minlandi va 28 mingta loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari barcha xunarmandlarga QR kodli maxsus guvohnomalar berildi.

Yil boshidan buyon OAV 90 ta ogohlantirish oldi
11 noyabr 2020, 20:16

Yil boshidan buyon OAV 90 ta ogohlantirish oldi

Yil boshidan buyon AOKA ommaviy axborot vositalariga 90 ta ogohlantirish yubordi. Davlat telekanallariga 20 ga yaqin xat kelib tushgan bo‘lsa, Zo’r TV va Sevimli kanallari mos ravishda 7 va 5 ta ogohlantirish olgan. Gazeta va jurnallar 29 marta, internet nashrlari 22 marta ogohlantirildi.

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi
11 noyabr 2020, 17:49

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi

Bitiruvchilarining 90 foizi OTMga kirgan yoki ishga joylashgan maktab direktorlariga o‘z oyligidan tashqari qo‘shimcha ravishda 8 mln so‘m, o‘rinbosariga 4 mln so‘m miqdorida bir marttalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tuman bo‘yicha reytingi eng yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga ham moliyaviy rag‘batlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Reabilitatsiya markazlariga deyarli 170 nafar erkak murojaat qilgan
5 noyabr 2020, 13:56

Reabilitatsiya markazlariga deyarli 170 nafar erkak murojaat qilgan

O‘zbekistonda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham murojaat qilishadi. Yanvar-sentyabr oylari davomida ushbu markazlar tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 18 nafar bola va 168 nafar erkaklar murojaati qabul qilingan.

UzAuto Motors`ning MQKQ OAVga bosim o‘tkazayotgani haqidagi ayblovi isbotini topmadi
23 oktabr 2020, 17:39

UzAuto Motors`ning MQKQ OAVga bosim o‘tkazayotgani haqidagi ayblovi isbotini topmadi

AOKA UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sud jarayonini yoritayotgan OAVga bosim o‘tkazgani haqidagi ma’lumotini o‘rganib chiqib, ayblov isbotini topmaganini ma’lum qildi.

Bosh vazirning populizm haqidagi gaplari noto‘g‘ri talqin qilinayotgani aytildi
13 oktabr 2020, 23:20

Bosh vazirning populizm haqidagi gaplari noto‘g‘ri talqin qilinayotgani aytildi

Antimonopoliya qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilishda populizm haqida aytilgan gaplar noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi. AOKA rahbari Asadjon Xodjayev yig‘ilishda «rahbarlarning ommaviy bayonotlar bilan chiqishga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligi» aytib o‘tilganini ta’kidladi.

22 avgustdan boshlab abituriyentlar ruxsatnomalarini olishlari mumkin
21 avgust 2020, 13:18

22 avgustdan boshlab abituriyentlar ruxsatnomalarini olishlari mumkin

22 avgustdan abituriyentlar DTM saytidagi shaxsiy kabinetidan abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin. Shuningdek, hujjat to‘ldirishda kiritilgan telefon raqamiga bu haqdagi SMS-xabar yuboriladi. Imtihonlarning qanday o‘tishi va tashkillashtirilishi bo‘yicha ham qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

Asadjon Xodjayev AOKA direktori etib tayinlandi
29 iyul 2020, 23:27

Asadjon Xodjayev AOKA direktori etib tayinlandi

Turli yillarda Intellektual mulk agentligi, Milliy kutubxona, prezident matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan Asadjon Xodjayev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting