G‘uzor tumaniga yangi hokim v. b. tayinlandi
10 aprel 2020, 16:57

G‘uzor tumaniga yangi hokim v. b. tayinlandi

G‘uzor tuman prokurori Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Toshkentda yoqqan kuchli qor qariyb 7 mingta daraxtni shikastlagani ma’lum bo‘ldi (foto)
10 aprel 2020, 16:40

Toshkentda yoqqan kuchli qor qariyb 7 mingta daraxtni shikastlagani ma’lum bo‘ldi (foto)

8 aprel kuni yoqqan qor Toshkentda 7 mingga yaqin daraxtni shikastlagani ma’lum bo‘ldi. Obodonlashtirish boshqarmasi yo‘llarni tozalashda davom etmoqda. Lekin avtomobil harakatlanishiga cheklovlar sababli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

SSV: O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 fuqaro orqali 440 kishiga yuqqan
10 aprel 2020, 16:17

SSV: O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 fuqaro orqali 440 kishiga yuqqan

O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 nafar fuqaroda aniqlangan bo‘lib, ulardan 440 kishiga infeksiya yuqqan. Ushbu kasallikning epidemiologik surishtiruv ishlari bo‘yicha elektron tizim yaratilib, bemorlarning epidemiologik marshruti aniqlanmoqda.

Namanganda to‘rt nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘aydi
10 aprel 2020, 15:41

Namanganda to‘rt nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘aydi

Namangan viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Jami tuzalganlar soni 42 nafarga yetdi.

Koronavirusga chalingan Britaniya bosh vaziri reanimatsiyadan chiqarildi
10 aprel 2020, 13:59

Koronavirusga chalingan Britaniya bosh vaziri reanimatsiyadan chiqarildi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi. U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Endi Jonson kasalxonada shifokorlar kuzatuvida qoladi.

Saudiya Arabistoni Yamanda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatdi
10 aprel 2020, 13:45

Saudiya Arabistoni Yamanda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatdi

Koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya 10 apreldan boshlab Yamanda o‘t ochishni ikki haftaga to‘xtatdi.

UFC xususiy orolda musobaqa o‘tkazish rejasini vaqtinchalik qoldirdi
10 aprel 2020, 12:57

UFC xususiy orolda musobaqa o‘tkazish rejasini vaqtinchalik qoldirdi

Xususiy orolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasi vaqtincha qoldirildi. Buni Disney va ESPN kompaniyalari talab qilishgan. Janglarning qachon bo‘lib o‘tishi noma’lum.

ITB O‘zbekistondagi yangi shifoxonalarni jihozlashga 17 mln dollar ajratdi
10 aprel 2020, 12:37

ITB O‘zbekistondagi yangi shifoxonalarni jihozlashga 17 mln dollar ajratdi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan yangi klinikalar uchun tibbiy jihozlar sotib olishga 17 mln dollar yo‘naltirdi. Sog‘liqni saqlash va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 140 mln dollar ajratish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Prezident Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida qatnashadi
10 aprel 2020, 12:11

Prezident Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Videoanjuman tarzida o‘tkaziladigan tadbirda koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
10 aprel 2020, 11:16

O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda sel kelishi xavfi bor.

Yana 42 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi
10 aprel 2020, 10:04

Yana 42 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

Yana 42 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 624 taga yetdi.

Jarlik ustidagi quvurlardan mashinada o‘tgan haydovchi jarimaga tortildi
9 aprel 2020, 22:30

Jarlik ustidagi quvurlardan mashinada o‘tgan haydovchi jarimaga tortildi

Qashqadaryoda Spark avtomobilida jarlik ustidagi suv quvuridan o‘tgan haydovchiga 2,23 mln so‘mlik jarima tayinlandi. Quvur ustiga esa to‘siq o‘rnatildi.

Dunyo mamlakatlari yangi iqtisodiy inqirozga qarshi qanday kurashmoqda?
9 aprel 2020, 20:16

Dunyo mamlakatlari yangi iqtisodiy inqirozga qarshi qanday kurashmoqda?

COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. «Gazeta.uz» bir qator rivojlangan va qo‘shni mamlakatlarning koronavirus pandemiyasiga qarshi qabul qilgan iqtisodiy rag‘batlantirish dasturlarining qisqa tahlilini taqdim etadi.

Banklarning loyiha portfellari qayta ko‘rib chiqiladi
9 aprel 2020, 19:59

Banklarning loyiha portfellari qayta ko‘rib chiqiladi

Markaziy bankka ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun banklar orqali 30 trillion so‘m aylanma mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirildi. Banklarga mablag‘larni yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yo‘naltirish tavsiya etildi.

Hukumat a’zolari virus blokatorlarini taqishmoqda
9 aprel 2020, 18:17

Hukumat a’zolari virus blokatorlarini taqishmoqda

Bosh vazir Abdulla Aripov, IIV rahbari Po‘lat Bobojonov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va, ehtimol, boshqa hukumat vakillari virus blokatorlaridan foydalanishni boshlashdi.

Xushxabar! Yana 8 nafar koronavirus bemori sog‘aydi
9 aprel 2020, 17:34

Xushxabar! Yana 8 nafar koronavirus bemori sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 8 nafar koronavirus bemorining to‘liq sog‘ayganini xabar qildi. Shunday qilib, tuzalganlar soni 38 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 582 taga yetdi
9 aprel 2020, 16:01

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 582 taga yetdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 582 taga yetdi. Yana 27 kishida infeksiya aniqlandi.

Nima uchun tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib oldi?
9 aprel 2020, 15:34

Nima uchun tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib oldi?

Tibbiyot xodimlarining koronavirus yuqtirib olishi O‘zbekistonda infeksiya tarqalgan ilk vaqtlarda qayd etildi. Chunki xodimlar hali infeksiya bilan yaxshi tanish emas edi. Hozirda bunday holatlar yo‘q, virus kontagiozligi yaxshi o‘rganildi.

Toshkentning 5 tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi
9 aprel 2020, 15:10

Toshkentning 5 tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida ichimlik suv ta’minotida to‘liq uzilishlar yuzaga keldi. 9 aprel soat 18:00ga qadar tarmoqdan uzilgan iste’molchilar qayta ulanishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda qancha avtomobilga stiker berilgani ma’lum qilindi
9 aprel 2020, 15:05

O‘zbekistonda qancha avtomobilga stiker berilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 8 aprelga qadar avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun 194 mingdan ziyod ariza topshirildi. Jami 33 mingta transport vositasiga stiker berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting