G‘uzor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Suyunov Bekzod Olimovich tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xalq deputatlari G‘uzor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Hozirga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Babaqulov Sa’dulla Abdullayevich sog‘ligidagi surunkali muammolar sababli o‘z arizasiga asosan, vazifasidan ozod etildi.