BMTning so‘roviga javoban 10 aprel kunidan boshlab Saudiya Arabistoni Yamanda o‘t ochishni ikki haftaga to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda BMTning matbuot xizmati xabar berdi.

Saudiya Arabistonining mazkur deklaratsiyasini AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab qo‘llab-quvvatlashgan. Raab 5 yildan ortiq davom etayotgan ushbu mojaro koronavirus pandemiyasi sababli barham topishiga umid paydo bo‘lganligini aytdi.

Yaman poytaxti Sanani va yirik shahar markazlarini nazorat qilib turgan Husi harakati ushbu holat yuzasidan hali o‘zining qarorini bayon qilmadi.