25-aprel kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev telefondan foydalanishni to‘xtatgan Angren shahridagi 17-maktabga 300 million so‘mni topshirdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu maktab 50 kundan buyon “Telefonsiz maktab” loyihasini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, deyiladi xabarda.

Va’da qilingan mukofot maktab direktori Zebo Mahkamovaga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Zoyir Mirzayev viloyatdagi ta’lim muassasalariga shunday tashabbus bilan chiqishni taklif qilgandi. Hokim ota-onalar bilan kelishilgan holda o‘quvchilar va o‘qituvchilarga maktab hududida telefonlardan foydalanishni taqiqlash kerakligini aytgan.

6-mart kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi 13 va 17-sonli maktablarda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etilgandi.