Siyosat

dayjest

Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi — foto, video

24-aprel kuni Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” doirasida rahbarlar va xodimlar piyoda yoki jamoat transportida ishga bordi. Ular orasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova bor. “Gazeta.uz” jarayon aks etgan video va suratlarni bir sahifaga jamladi.


dayjest

Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda

Davlat idoralari elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni boshladi. Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlar bir qator hokimliklar mashinalarni yetim bolalarni qo‘llovchi “Mehr daftari” jamg‘armasi orqali sotib olganini aytmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligi texnik xatolik bo‘lganini ma’lum qildi.


dayjest

TIVda Kipr va Chilining yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilindi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr va Chilining O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchilari — Kipros Yorgallis hamda Eduardo Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.


dayjest

Mashinalar “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan xarid qilinmagan. Texnik xatolik haqida xabar berildi

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati yangi avtomobillar “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan xarid qilinmaganini ma’lum qildi. Texnik xatolik yuz berdi, sabablari aniqlanmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.


Iqtisodiyot

dayjest

Paynet`ning ta’sischisi o‘zgardi. To‘lov xizmatining yangi egasi kim?

Paynet to‘lov xizmatini boshqaruvchi Uzpaynet kompaniyasi ta’sischisi o‘zgardi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansidagi 100 foiz davlat ulushi New Industrial Technologies`ga o‘tkazildi. Davaktiv xususiylashtirish jarayoni bo‘yicha yana rasmiy xabar bermadi.


dayjest

O‘zbekiston birinchi chorakda 360,2 mln dollarlik gaz import qildi

2024-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga gaz importi 360 mln dollardan oshdi (martda — 152,9 mln dollar), bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar ko‘pdir. Bu davrda “moviy yonilg‘i” eksporti 45,4 mln dollarni tashkil etdi. Yetkazib berishdagi farq 314,8 mln dollar bo‘ldi.


dayjest

Birinchi chorakda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 1,5 barobar oshdi

Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 91 mingtaga yetdi yoki bir yarim barobarga oshdi. Deyarli barcha modellar orasida ishlab chiqarishning o‘sishi kuzatilmoqda.


Jamiyat

dayjest

Namangan viloyatida uy-joy qurish maqsadida arxeologiya yodgorligidagi qabrlar buzib yuborildi

Yangi Namangan tumanidagi “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligiga 6,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. Fuqaro hududda uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlarni buzgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

“O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk marta arab tiliga o‘girilib, Misrda “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi ostida taqdim etildi. Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkin.


dayjest

Toshkent shahri va viloyatida qalbaki 71,2 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollari muomalaga kiritilishi oldi olindi.


dayjest

Jizzaxda 8 yoshli o‘g‘liga pichoq tiragan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Koreyada ishlayotgan rafiqasi bilan telefon orqali janjallashib, 8 yoshli o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bolaga uning buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.


dayjest

Turkiyada 53 yoshli O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Istanbulda vaqtincha yashab, ishlayotgan samarqandlik 53 yoshli erkak ish joyida zinadan yiqilib tushish oqibatida hushini yo‘qotib, voqea joyida vafot etdi. Uning jasadi morgda saqlanmoqda, bosh konsulxona marhumning qarindoshlaridan murojaat qilishni so‘radi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogida Vetnamni mag‘lub etdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turida Vetnamni mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Jamoa chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi (video, foto).


Jahon

dayjest

AQSh Kongressi nihoyat Ukraina, Isroil va Tayvan uchun yordam paketlarini tasdiqladi. Asosiy ma’lumotlar

AQSh Senati Vakillar palatasidan so‘ng Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 mlrd dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyiha yuzasidan kelishib olishga salkam olti oy vaqt ketdi. Prezident Bayden hujjatni darhol imzolashga va’da berdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!