Toshkent Fotosuratlar uyida 18-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi, Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) hamkorligida Navro‘zga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi.

Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”

Ko‘rgazma ochilishida so‘zga chiqqan “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovning ta’kidlashicha, ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad — Navro‘z tantanalari yillar davomida qanday o‘zgarganganini ko‘rsatishdir. Bunday ko‘rgazmalarni kelgusi yillarda ham tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Agentlik rahbari tarixiy lavhalar kelajak avlodlarga ana shunday suratlar orqali yetib borishini ta’kidlab, fotosuratchilarni davlat arxivlarida o‘z shaxsiy fondlarini ochishga chaqirdi.

“Tarixni o‘rgangan, arxiv hujjatlarini tadqiq qilganimiz sari yangi fotohujjatlarni topamiz. Biz izlanishda davom etamiz. Bundan keyin ham fotosuratlarning ko‘lamini kengaytirib, bir emas, bir nechta zalda e’tiboringizga havola etamiz”, — deya ta’kidladi Ulug‘bek Yusupov.

Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostida tashkil etilgan ko‘rgazmada Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1978−2004-yillarga oid, shuningdek, O‘zA taqdim etgan yangi davr lavhalari — 120 dan ortiq fotosurat namoyishga qo‘yilgan. Quyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” ko‘rgazmasida namoyishga qo‘yilgan faqat 1990-yildan keyingi davrni aks ettiruvchi suratlarning bir qismi mushtariylar e’tiboriga havola etiladi.

1990-yil

1991-yil

1993-yil

1994-yil

1995−1997-yillar

1999−2004-yillar

“Gazeta.uz” ikki yil oldin Navro‘z bayramining 1970−1990-yillarda nishonlanishiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxividagi fotosuratlarni taqdim etgandi.