«navro‘z» tegli maqolalar


Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi
29 mart 2024, 18:10

Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi

Sumalak — o‘ziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson bo‘lmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila bir bo‘lib tayyorlaydi. Farzandlari o‘qishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik bo‘lishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Xolida Musulmon navbatdagi fotohikoyasi — qishloqda tayyorlangan sumalak haqida.

Fotoreportaj: Chorsu bozorida Navro‘z
24 mart 2024, 09:52

Fotoreportaj: Chorsu bozorida Navro‘z

Sharqda: “Xalqning hayot tarzini ko‘rmoqchimisan, bozorga bor”, deydilar. Shu bois “Gazeta.uz” Navro‘zni kutib olgani Toshkentning bosh bozori Chorsuga bordi. Bayram bahona bu yerga butun O‘zbekistondan sotuvchilar to‘plangan. Bayram qanday kutib olinganini va sotuvchilarning bayramona fikrlarini sizga yetkazamiz.

Mardlik va jasorat o‘yini. Ko‘pkari haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi
21 mart 2024, 19:17

Mardlik va jasorat o‘yini. Ko‘pkari haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi

Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.

Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?
21 mart 2024, 16:14

Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?

Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
21 mart 2024, 14:29

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Navro‘z munosabati bilan Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 mart 2024, 12:23

Navro‘z munosabati bilan Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
10 mart 2024, 10:10

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami arafasida Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

Navro‘z bayramida katta tadbirlar o‘tkaziladi, ungacha umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tadi
5 mart 2024, 11:30

Navro‘z bayramida katta tadbirlar o‘tkaziladi, ungacha umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramida barcha hududlarda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram munosabati bilan respublikada umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.

Navoiy nomidagi DAKTda 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi
4 mart 2024, 22:24

Navoiy nomidagi DAKTda 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi

Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi, kirish bepul. Tomoshabinlar italyan musiqasi kechasiga tashrif buyurishi va opera tinglashi mumkin.

Taqiq, Lenin maydonidagi karnaval va prezidentga «kelin salom»: O‘zbekistonda dastlabki Navro‘z bayramlari qanday o‘tgan?
21 mart 2023, 15:07

Taqiq, Lenin maydonidagi karnaval va prezidentga «kelin salom»: O‘zbekistonda dastlabki Navro‘z bayramlari qanday o‘tgan?

Navro‘z — O‘zbekistonning umumxalq bayramlaridan. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan, bir davrda uni taqiqlamoqchi ham bo‘lishgan. «Gazeta.uz» asosiy Navro‘z tantanalari tashkilotchilari bilan milliy shodiyona taqiqlarni qanday yenggani va davlat darajasidagi ilk bayramlar qanday o‘tgani haqida suhbatlashdi.

Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi
17 mart 2023, 11:39

Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi

Shanba kuni Kaspiy dengizidan bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati nisbatan pasayadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Biroq 21 mart kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi.

Bayram kunlarida Toshkentdagi jamoat transporti harakati tartibi ma’lum qilindi
16 mart 2023, 16:56

Bayram kunlarida Toshkentdagi jamoat transporti harakati tartibi ma’lum qilindi

Toshkent shahrida avtobuslar 19, 20, 21, 22 mart kunlari shanbalik, 25 mart kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
1 mart 2023, 12:35

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 5 kun, ya’ni 18−22 mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 19−22 mart sanalarida dam oladi. 23 martdan esa barcha yana ishga chiqadi.

Uzbekistan Airways Navro‘z bayramiga 21 foizlik chegirma e’lon qildi
1 mart 2023, 11:12

Uzbekistan Airways Navro‘z bayramiga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.

Dorbozlar shousiga xush kelibsiz!
21 mart 2022, 13:10

Dorbozlar shousiga xush kelibsiz!

Ahrorbek G‘ulomovning «Ahrorbek dorboz» truppasiga O‘zbekistonning turli hududlaridan artistlar yig‘ilgan bo‘lib, olti yildirki akrobatlar va masxarabozlarning chiqishlari bilan tomoshabinlarni hayratga solib kelmoqda. Dasturning mag‘zi — dorbozlar. Ko‘chma sirk qanday yashaydi, artislar qadimgi an’analarini nima uchun saqlab kelmoqdalar va ushbu an’analar zamiriga dolzarb muammolar qanday qilib singdirilgan — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi
21 mart 2022, 09:13

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi

Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” 1970−1990 yillardagi arxiv fotosuratlarini taqdim etadi.

Toshkentdagi Navro‘z sayli — foto
20 mart 2022, 19:09

Toshkentdagi Navro‘z sayli — foto

O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi sayllardan biri — «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotosuratlarida.

Navro‘z bayrami dasturxoni uchun nimalar tayyorlaymiz?
19 mart 2022, 10:30

Navro‘z bayrami dasturxoni uchun nimalar tayyorlaymiz?

Bayramona osh, ko‘k somsa, mol go‘shtidan antiqa taom, steykli salat, asalli qush tili, jem va bezeli pirog retseptlari — Zira.uz Navro‘z bayrami dasturxoni uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya etadi.

18 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 mart 2022, 22:00

18 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan Shavkat Mirziyoyev, 2025 yilgacha QQS va bojxona bojidan ozod qilingan import tibbiy jihozlar, ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirilgan poliklinikalar, Ohangaronda 20 ming dollar pora olayotganda ushlangan hokimlik xodimi, ayrim shifokorlarga belgilanadigan 100 foizgacha oylik ustama, Samarqand aeroporti ochilgani, Navro‘zda qor yog‘ishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Navro‘z bayrami kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda
18 mart 2022, 17:47

Navro‘z bayrami kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Navro‘z bayrami kuni respublikaning to‘rtta hududidan tashqari boshqa joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi kuchsiz sovuq saqlanib turadi. Kunduz kuni harorat biroz ko‘tariladi. 23 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting